QADIMGI VA O’RTA ASRLARDA SAMARQAND SHAHRI HUDUDIDA LANDSHAFT ARXITEKTURASINING SHAKILLANISHI

Tayanch so'zlar

Kalit so‘zlar: Landshaft, geografik landshaft, loyihalash san’ati, tog’lik yaylovlar, daraxtzorlar, antik davri, bog’-qo’riqxona, qo’riqxona

Annotatsiya

Annotatsiya: Landshaft muayyan bir geografik hududga xos bo’lgan tabiat manzarasi (yer yuzasi, relyefi, tuprog’i, o’simlik va hayvonot dunyosi, suvi, iqlimi)ni belgilovchi umumiy tushuncha. Landshaftning bir - biridan farq qiluvchi tabiiy turlari mavjud. Masalan, tog’ landshafti, dasht-cho’l va sahro landshafti, tundra landshafti, okean, dengiz landshafti va boshqa landshaftlar. Bularning barchasi tabiiy geografik landshaftlarga kiradi. Biroq madaniy landshaftlar guruhi ham mavjud. Ularga inson qo’li va zakovati bilan yaratiladigan barcha landshaftlar, masalan, me’moriy landshaft, qishloq xo’jalik yerlari landshafti, shahar landshafti, bog’-park landshafti va h.k. kiradi.

Download